Rossiya parlamentining yuqori palatasi − Federatsiya kengashi a’zolari Davlat dumasi deputati Mixail Degtyarevning Ikkinchi jahon urushi uchun Germaniyadan tovon talab qilish g‘oyasini ma’qullamadi, deb xabar bermoqda “Rossiyskaya gazeta”.
Federatsiya kengashining Xalqaro masalalar bo‘yicha qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Vladimir Jabarovning so‘zlariga ko‘ra, tovon pullari masalasi XX asrning 50-yillaridayoq yechib bo‘lingan va 70 yildan keyin bu masalani ko‘tarib, Germaniya bilan munosabatlarni yomonlashtirishning hojati yo‘q.
Qayd etilishicha, Rossiya Liberal-demokratik partiyasidan deputatning taklifi quyi palatada ham o‘ziga tarafdor topmagan. Jumladan, deputatlar Germaniyadan tovon so‘rash o‘rniga mamlakat ichkarisidagi muhimroq muammolarga e’tibor qaratish lozimligini ta’kidlagan.
Izoh (0)