“Donetsk Xalq Respublikasi” ayirmachilari Gorlovka aholi punkti ustida Ukraina samolyotini urib tushirishga muvaffaq bo‘lganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Ayirmachilarning qurolli kuchlari shtabida aniqlik kiritilishicha, samolyot 1-fevral, yakshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 18:00 da “Donetsk Xalq Respublikasi”ning havo hujumidan himoya tizimi orqali urib tushirilgan.
Aynan qanday samolyot urib tushirilgani va qurbonlar bor yoki yo‘qligi haqida ma’lumot berilmagan. Shuningdek, ayirmachilar ushbu bayonotga hech qanday dalil keltirmagan.
Izoh (0)