O‘zbekistonda yildan-yilga hakamlik sohasida ijobiy tomonga o‘zgarishlar sezilmoqda. Bu haqda O‘FF Hakamlar qo‘mitasi boshlig‘i Noil Lutfulin o‘z fikrini bildirdi, deb xabar beradi “Stadion.uz”.
Noil Lutfulin O‘zbekistonda hakamlar yetishtirish borasida erishilayotgan yutuqlar bilan birgalikda, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida ham hakamlar uchun turli seminar-mashg‘ulotlar o‘tkazib berilayotgani, xalqaro tajribaga ega inspektorlarni taklif etilayotganini qayd etdi.
Shuningdek, mutaxassis 2015-yilgi xalqaro musobaqalarga allaqachon chorlovlar yetib kelayotganini ma’lum qildi: “Aytaylik, Osiyo Chempionlar Ligasi — 2015 ning ilk o‘yinlarida bir yo‘la 2 ta brigadamiz hakamlik qiladi. Ravshan Ermatov 17-fevral kuni Eronda, Valentin Kovalenoko esa BAAda o‘tkaziladigan ‘pley-off’ o‘yinida ishlaydi.
Ilgiz Tantashev esa Turkmaniston va Tojikistonda bo‘lib o‘tadigan OFK kubogi doirasidagi 2 ta uchrashuvga tayinlandi. Aziz Asimov 8-fevral kuni Hindistonda o‘tkaziladigan o‘yinni boshqaradi. Shu kunlarda guruh bosqich uchrashuvlariga ham tayinlovlar bo‘lishi kutilyapti”.
Izoh (0)