2012-yilgi prezidentlik saylovlarida AQShning hozirgi prezidenti Barak Obamaga Respublikachilar partiyasi nomidan raqiblik qilgan Mitt Romni navbatdagi saylovlarda ishtirok etmasligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
“Uzoq o‘ylanishlardan keyinRespublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod bo‘lish uchun boshqalarga imkon berish yaxshiroq bo‘ladi, degan qarorga keldim”, − dedi Romni.
Avvalroq Romni prezidentlik saylovida yana qatnashishi xabar berilgan edi. Bu amalga oshsa, uning prezident bo‘lish uchun uchinchi urinishi bo‘lar edi. 2008-yilgi saylovlarda Respublikachilar partiyasidan nomzod bo‘lish uchun bahsda senator Jon MakKeynga yutqazgan bo‘lsa, 2012-yilgi saylovlarning ikkinchi bosqichida 47,2 foiz ovoz to‘plab, Obamaga mag‘lub bo‘lgan.
Izoh (0)