2015-yil 26-yanvar kuni Toshkent Axborot texnologiyalari universitetida Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji, Toshkent aloqa kasb-hunar kolleji va Quyi Chirchiq transport va servis kasb-hunar kolleji talabalari uchun “Android operatsion tizimi uchun ilova ishlab chiqish” mavzusida Koreya milliy transport universiteti ko‘ngillilari ishtirokida o‘quv trening-seminarning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Infocom.uz xabar bermoqda.
Ochilish marosimida TATU rektori X. Muhitdinov, Koreya delegatsiyasi boshlig‘i professor Ryumduck Oh nutqi bilan ishtirok etdi.
Android Google kompaniyasi ishlab chiqqan mobil operatsion tizimi hisoblanadi. Bu smartfon va mobil qurilmalarga ochiq platforma bo‘lib, o‘quv trening-seminar talabalarga yangi bilim, ba’zilarga bu sohadagi bilimlarini mustahkamlashga imkon beradi. O‘quv seminari nafaqat TATU talabalari uchun, balki axborot va telekommunikatsion texnologiyalar kasb-hunar kollejlari talabalari uchun ham dolzarbdir.
Kelishilgan dastur bo‘yicha o‘quv trening-seminari 10-fevralgacha davom etadi va unda TATU hamda 3 ta kollejdan 40 nafar, KMTUdan 9 nafar talaba ishtirok etadi.
6-fevral kuni ishlab chiqilgan dasturiy mahsulotlar yarmarkasi tashkil qilinadi va muvaffaqiyatli qatnashgan talabalarga sertifikat va sovg‘alar topshiriladi.
Izoh (0)