Qozog‘iston Milliy banki 2015-yilning 28-yanvaridan boshlab “Buyuk sarkardalar” turkumiga oid “proof” sifatli “Amir Timur” yodgorlik tangalari chiqarilishini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Kun.uz”.
“Amir Timur” yodgorlik tangalari kumushdan zarb etiladi. Tanganing old tomonida (avers) otliq jangchining, Qozog‘iston Respublikasi gerbining tilla suvi yuritilgan tasvirlari, “100 TENGE” va “2014” yozuvlari tushirilgan, ort tomonida esa (revers) Amir Temur portreti hamda Ahmad Yassaviy maqbarasi tasvirlangan. Tasvirlar relyef usulida tushirilgan.
Yodgorlik tangasi keng iste’molga chiqarilib, barcha turdagi savdo-sotiq va to‘lovlar uchun qabul qilinishi aytilmoqda.
Izoh (0)