Rossiyada Davlat dumasi deputati Nikolay Ivanov 1989-yilda Germaniya federativ respublikasining Germaniya demokratik respublikasini bosib olganligi to‘g‘risida parlament nomidan bayonot yozishni taklif qildi, deya xabar bermoqda Meduza.
Ivanov fikricha, bunday bayonotni Yevropa Kengashi parlament assambleyasi raisi Ann Brasser Rossiyani Qrimni bosib olishda ayblaganiga javoban tayyorlash zarur.
Rossiya parlamenti spikeri Sergey Narishkin xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitaga taklifni ko‘rib chiqib, natijasini ma’lum qilishni topshirdi.
Izoh (0)