Yevropa Kengashi Parlament Assambleyasining monitoring bo‘yicha komissiyasi sanksiyalarni uzaytirish hamda Rossiya delegatsiyasini ovoz berish huquqidan mahrum etish va 2015-yilda uni Assambleya rahbar organlari tarkibidan chiqarish haqidagi tuzatishlarni qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda Rossiya delegatsiyasi rahbari o‘rinbosari Leonid Slutskiyga tayanib, Meduza xabar berdi.
U ushbu qarorni “yoqimsiz syurpriz” deb atadi. Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, komissiya rahbari, Avstriya vakili Stefan Shennax Assambleya majlisida bunga qarshi gapirmoqchi. “Bunday vaziyatni chetlab o‘tishimiz ham mumkin”, — dedi Slutskiy.
U agar YeKPA Rossiyani ovoz berish huquqidan mahrum etsa, Rossiya delegatsiyasi Strasburgni tark etib, o‘zining Assambleya bilan munosabatlarini 2015-yil oxirigacha to‘xtatib qo‘yishini eslatdi.
Izoh (0)