Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda Xitoyning Xiaomi kompaniyasi ishlab chiqargan Mi Pad planshet kompyuteri sotila boshladi, deb xabar bermoqda “Mobinfo.uz”. Planshetning tashqi ko‘rinishi Apple iPad mini’ning deyarli to‘liq nusxasidir, biroq undan ancha arzon turadi. Model 2014-yil o‘rtasida taqdim etilgan edi.

Foto: mobinfo.uz

Foto: mobinfo.uz

Qurilma 7,9 dyuym 2048×1536 pikselli Retina-ekran va NVIDIA Tegra K1 protsessori bilan jihozlangan. Ichki xotirasi hajmi 16 Gb, 8 megapikselli asosiy va 2 megapikselli old kameraga ega.

Xiaomi Mi Pad Android 4.4.2 KitKat operatsion tizimida ishlaydi. Qurilmaning o‘lchamlari 202×135,4×8,5 mm, og‘irligi 360 grammga teng.

Planshet poytaxtdagi “Fleshka” savdo majmuasida 1,2 million so‘mdan sotilmoqda. Taqqoslash uchun, Apple iPad Mini 2’ni u yerda 2,2 million so‘mga xarid qilish mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rivojlanayotgan davlatlar uchun falokat: AQSH va Yevropa o‘rtasida savdo urushi bo‘lishi kutilyapti
Mahalliy
Farg‘ona va Namangan aeroportlarini quyuq tuman qopladi, reyslar kechikadigan bo‘ldi
Mahalliy
Qoraqalpog‘istonda YPX xodimi radar o‘rnatilgan mashinasida taksichilik qilgani aytilmoqda (video)