Xitoyning AlcatelOneTouch savdo belgisiga egalik qiluvchi TCL Communication kompaniyasi O‘zbekiston poytaxtida o‘zining birinchi servis markazini ochmoqchi. Bu haqda AlcatelOneTouch savdo belgisining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori BM Store’ga tayanib, “Mobinfo.uz” xabar berdi.
Servis markazi fevralda xizmat ko‘rsata boshlashi rejalashtirilgan. Bu yerda AlcatelOneTouch mahsulotlari foydalanuvchilariga ushbu firma ishlab chiqargan barcha mobil qurilmalar ta’miri bo‘yicha xizmat ko‘rsatiladi.
“Merkato” savdo markazi (“Fleshka” savdo majmuasi yonida joylashgan)da ochiladigan servis markazida “shou-rum” ham bo‘lib, u yerda iste’molchilar AlcatelOneTouch mobil mahsulotlarini sinab ko‘rishi mumkin bo‘ladi.
Izoh (0)