BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Lotin Amerikasi mintaqasida jahon aholisining atigi 8 foizi yashasa-da, tadqiqotlar butun dunyodagi qotilliklarning uchdan bir qismi aynan shu hududda sodir etilishini ko‘rsatdi, deb xabar bermoqda “Vesti Ekonomika”.
Narkotrafik, jinoiy guruhlar o‘rtasidagi urushlar, siyosiy beqarorlik, korrupsiya va kambag‘allik − bularning barchasi mintaqada jinoyatchilik bilan bog‘liq vaziyat yanada yomonlashuviga sabab bo‘lmoqda. Shu sababli ham Meksikaning Jamoatchilik xavfsizligi va jinoyat huquqi bo‘yicha kengashi tomonidan tuzilgan reytingning yuqori o‘rinlarini aynan shu mintaqa shaharlari egalladi.
Aholisi 300 mingdan ortiq shaharlardan tuzilgan reytingda jang harakatlari olib borilayotgan hududlardagi o‘lim holatlari inobatga olinmagan, shu sababli ba’zi shaharlar unga kirmagan. Ro‘yxatga jami 50 ta shahar kiritilgan bo‘lib, ulardan 20 tasini e’tiboringizga havola etamiz.
20. Terezina, Braziliya: 100 ming kishiga 49,49 qotillik
19. Sent-Luis, Missuri, AQSh: 100 ming kishiga 49,93 qotillik
18. Belen, Braziliya: 100 ming kishiga 53,06 qotillik
17. Salvador, Braziliya: 100 ming kishiga 54,31 qotillik
16. Kuyaba, Braziliya: 100 ming kishiga 56,46 qotillik
15. Viktoriya, Braziliya: 100 ming kishiga 57 qotillik
14. Keyptaun, JAR: 100 ming kishiga 60 qotillik
13. San-Salvador, Salvador: 100 ming kishiga 61,21 qotillik
12. Syudad-Guayana, Venesuela: 100 ming kishiga 62,13 qotillik
11. Natal, Braziliya: 100 ming kishiga 63,68 qotillik
10. San-Luis, Braziliya: 100 ming kishiga 64,71 qotillik
9. Kali, Kolumbiya: 100 ming kishiga 65,25 qotillik
8. Fortaleza, Braziliya: 100 ming kishiga 66,55 qotillik
7. Valensiya, Venesuela: 100 ming kishiga 71,08 qotillik
6. Maseyo, Braziliya: 100 ming kishiga 72,91 qotillik
5. Distrito Sentral, Gonduras: 100 ming kishiga 77,65 qotillik
4. Juan Pesosa, Braziliya: 100 ming kishiga 79,41 qotillik
3. Akapulko, Meksika: 100 ming kishiga 104,16 qotillik
2. Karakas, Venesuela: 100 ming kishiga 115,98 qotillik
1. San-Pedro-Sula, Gonduras: 100 ming kishiga 171,20 qotillik
Izoh (0)