Indoneziya harbiylari Air Asia kompaniyasining Yavan dengiziga cho‘kkan Airbus 320-300 samolyoti qidiruvi bo‘yicha operatsiyalar butunlay to‘xtatilganini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
“Biz marhumlarning oilalaridan uzr so‘raymiz. Yo‘qolgan odamlarni topish uchun biz bor kuchimizni ishga soldik”, — dedi Indoneziya g‘arbiy harbiy-dengiz floti rahbari.
Qidiruv ishlariga noqulay ob-havo sharoiti va ko‘rish darajasi pastligi to‘sqinlik qildi.
Eslatib o‘tamiz, halokatga uchragan Air Asia samolyoti bortida 162 kishi bo‘lgan. Parvoz boshlanganidan ko‘p o‘tmay, samolyot radarlardan yo‘qolib qolgan.
Qutqaruvchilar faqatgina 70 kishining jasadini topishga muvaffaq bo‘ldi.
Izoh (0)