Rossiyaning Moskva viloyatida o‘quvchi qiz dugonasi bilan ochiq oyna yonida fotosurat olmoqchi bo‘lib, halok bo‘ldi. Bu haqda huquqni muhofaza qilish organlariga tayanib, Interfax xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 27-yanvar, seshanba kuni taxminan 11:30 da Moskva viloyati Pavlovskiy Posad shahridagi uylardan birida sodir bo‘lgan. 12 yoshli o‘quvchi qiz o‘z sinfdosh dugonasidan uni ochiq deraza tokchasida suratga olishni so‘ragan, biroq tokchaga chiqqach, qiz muvozanatni yo‘qotgan va sakkizinchi qavatdan yiqilgan. Olgan jarohatlari tufayli qiz voqea joyida vafot etgan.
Izoh (0)