Quvayt, Iordaniya va Falastin terma jamoalari OFK tomonidan jarimaga tortildi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”.
Ushbu terma jamoalar futbolchilari Osiyo kubogi paytida stadion kiyinish xonasida tamaki chekkan. Shu bois uchala mamlakat futbol federatsiyasiga 1000 dollardan jarima solindi.
Ma’lumot uchun, mazkur terma jamoalar guruh bosqichidan chiqa olmay, musobaqani tark etgan edi.
Izoh (0)