Toshkent shahrida 40 yoshli erkak o‘zining Lacetti rusumidagi avtomobilini qoldirib, o‘z ishlarini bajarishga otlandi, deb xabar bermoqda “Na postu” gazetasi.
U mashinasini olish uchun qaytganda avtomobilni joyida ko‘rmagach tuman ichki ishlar bo‘limiga murojaat qildi. Olib borilgan tezkor qidiruv chora-tadbirlari natijasida avtomobil tez orada topildi.
Avtomobil o‘g‘risi Toshkent viloyatining Zangiota tumanida yashovchi 18 yoshli yigit ekanligi aniqlandi. Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)