Samarqand shahri Samarqand tumaniga Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanidan ko‘chma hayvonot bog‘i tashrif buyurdi, deya xabar bermoqda “Samarkandskiy vestnik”.
Kattalar va bolalar tirik yo‘lbars, tulki, bo‘ri, maymun, burgut va boshqa jonivorlarni tomosha qilish bilan birgalikda, quvnoq masxarabozlar, dorbozlar ijrolaridan bahramand bo‘ldi.
Nashrning achinish bilan ta’kidlashicha, tashrif buyurganlarni jonivorlarning ozg‘inligi va ular saqlanayotgan qafaslarning yomon ahvolda ekanligi xavotirga solgan. “Samarqandda statsionar hayvonot bog‘i tashkil qilib, u yerda jonivorlar uchun zarur barcha sharoitlarni muhayyo qilish ortiqcha bo‘lmas edi”, — deya qayd etiladi xabarda.
Izoh (0)