23-yanvar kuni Riga sirkida “Oltin Karl — 2015” Beshinchi Xalqaro sirk festivali start oldi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”. Festivalda O‘zbekiston nomidan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti ikkinchi kurs magistranti, poytaxt sirki artisti gimnastikachi Komila Hametova ishtirok etadi.
Komila Hametova 10 yildan buyon sirkda faoliyat yuritadi. 2010-yilda havo gimnastikachilari Rustam va Komila Hametova Riga festivalida birinchi o‘rinni egallagan edi.
Nashrning ta’kidlashicha, Riga sirki har yili butun dunyodan turli janrlardagi eng yaxshi ustalarni to‘playdi. Ishtirokchilar ijrolarini xalqaro hay’at a’zolari kuzatadi, ular tarkibiga Toshkent sirki direktori Sadriddin Qurbon ham kiritildi.
Izoh (0)