FIFA prezidenti Yozef Blatter mart oyida bo‘ladigan saylovlarga nima uchun beshinchi marta nomzodini ilgari surgani haqida fikr bildirdi, deb xabar beradi “Stadion.uz”.
“Men saylovlarda qatnashaman va mutlqo xotirjamman, axir mening missiyam yakuniga yetgani yo‘q.
Milliy federatsiyalar menday kuchli nomzod yo‘qligini aytib, mendan o‘z nomzodimni qo‘yishimni so‘radi. Mendan qutulishni istaganlar saylovlarda qatnashsin. UEFAdagi muxolifatga buning uchun mardlik yetishmayapti. Shunday ekan, ular hurmat bajo keltirib, o‘z ishimni davom ettirishimga qo‘yib bersin.
Nafaqaga chiqqach, nima bilan mashg‘ul bo‘laman? Bolalik orzum — radioreportajlar tayyorlasam kerak”, — dedi Blatter.
Izoh (0)