Hindistonning Mumbay shahrida yoshlar orasida bodibilding bo‘yicha qit’a birinchiligi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi “Kun.uz” “Sports.uz”ga tayanib.
Osiyoning eng kuchli sportchilari yig‘ilgan bu musobaqada O‘zbekiston vakili Mixail Volinkin ham munosib ishtirok etdi. Mixail 70 kilogrammdan yuqori bo‘lgan vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritdi.
2-o‘rin eronlik Tabadkani Saidmohirga, 3-o‘rin esa tailandlik Vandi Apichaiga nasib etdi.
Izoh (0)