Germaniya va umuman Yevropa Ittifoqi Ukrainadagi mojaro hal etilgan taqdirda Rossiyaga keng erkin savdo hududi tuzishni taklif qilishlari mumkin, deb xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
Ushbu pozitsiyani Germaniya kansleri Angela Merkel 23-yanvar kuni Florensiyada tasdiqlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi va Yevroosiyo ittifoqi o‘rtasidagi muzokaralar bemalol o‘tkazilishi mumkin.
Yaqinda esa Merkel Davosda bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon iqtisodiy forumida bir paytlar Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan taklif qilingan “Lissabondan Vladivostokkacha” erkin savdo hududini tashkil etish formulasini qayd etib o‘tdi. “Bu albatta bizning maqsadimiz bo‘lishi lozim. Umid qilamanki, bunday imkoniyat paydo bo‘ladi”, − dedi kansler.
Uning fikricha, bu holatda Ukraina va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi assotsiatsiya bilan bog‘liq qiyinchiliklarni ham yechish mumkin bo‘ladi. Biroq bunday muzokaralar boshlanishi uchun avvalo Ukrainada tinchlik o‘rnitilishi lozim. Shunga qaramay, Merkel Yevropada Ikkinchi jahon urushi tugaganidan buyon hukm surayotgan tinchlikni buzgani uchun Rossiyaga nisbatan sanksiyalar davom ettirilishini yoqlashini ma’lum qildi.
Izoh (0)