Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon ota-onalarni mehnat muhojirligida yurgan bolalarini yaxshiroq nazorat qilib turishga chaqirdi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Tojikiston Prezidentining so‘zlariga ko‘ra, ba’zi holatlarda muhojirlar ekstremistik oqimlar tarafdorlariga aylanib, Iroq va Suriyaga jang qilgani ketishmoqda.
“Ota-onalar, ta’lim sohasi xodimlari, jamiyat qayoqqa qaradi? Bola eng kichik yoshligidan to‘g‘ri tarbiyalansa, hozir biz duch kelayotgan muammolar bo‘lmaydi”, − dedi Emomali Rahmon.
Izoh (0)