Rossiyalik model Irina Sheyk bilan aloqalarini uzgan Madridning “Real” klubi futbolchisi Krishtianu Ronaldu sobiq ma’shuqasiga baxt tiladi, deb xabar bermoqda “Rossiyskaya gazeta”.
“Tanishganimizdan besh yil o‘tib mening Irina Sheyk bilan munosabatlarim yakuniga yetdi. Biz ushbu qadamni hozir qo‘yish ikkalamiz uchun ham yaxshi degan qarorga keldik. Irinaga ulkan baxt tilayman”, − dedi Ronaldu.
Eslatib o‘tamiz, juftlikning ajrashgani haqidagi xabarlar Ronaldu “Oltin to‘p”ni topshirish marosimiga Sheyksiz borgach tarqaldi. Turli ma’lumotlarga ko‘ra, ajralish tashabbusi Ronladudan chiqqan. Portugaliyalik futbolchining Irinadan onasining 60 yillik yubileyiga bag‘ishlangan kechaga borishdan bosh tortgani uchun jahli chiqqan.
Izoh (0)