Amfipolda qazishma ishlarini olib borayotgan yunon arxeologlari bu yerdagi qadimiy maqbaradan topilgan suyaklardan to‘rt kishining ustixonini tikladi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Ularning orasidagi 60 yoshli ayol skeleti makedoniyalik Aleksandrning qoldiqlari bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Boshqa qoldiqlar esa ikki erkak va bir chaqaloqqa tegishli. Dastlabki DNK tahlili ayolning yoshi 60, erkaklarniki 35−45 atrofida bo‘lganini ko‘rsatgan. Erkaklardan birining orqasida o‘tkir quroldan yetkazilgan jarohat izi ham aniqlangan.
Arxeologlar maqbaradan jami 550 ta suyak topgan. Ularning orasida butunlari ham, singanlari ham bor. Tadqiqotlar yanvar oyi oxirigacha davom etadi.
Izoh (0)