Rim Papasi Fransisk I va Tibet buddaviylarining diniy yetakchisi Dalay-lama XIV Tenzin Gyatso o‘zaro uchrashuvlari sanasini belgilab oldi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
“Ba’zi gazetalar Xitoydan qo‘rqqanim tufayli men u bilan uchrashmaganim haqida yozishdi. Bu noto‘g‘ri. Dalay-lama bir muddat oldin qabul haqida so‘rab murojaat qilgan edi. Uchrashuv sanasi belgilandi. Lekin hozir emas. Biz aloqada bo‘lib turibmiz”, − dedi Fransisk I.
Xitoy bilan yaqinlashishga qaratilgan harakatlar haqida berilgan savolga Rim Papasi quyidagicha javob berdi: “ Xitoy fuqarolari − xushmuomala odamlar, biz ham xushmuomalamiz. Xitoy hukumati men Xitoyga borishga yoki XXR vakillarini Vatikanda qabul qilishga tayyorligimni biladi”.
Izoh (0)