O‘zbekiston IIV Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi katta inspektori, podpolkovnik Mansur Rixsiyev bir kunda o‘rtacha 2000 kishi tomonidan belgilangan tezlik talablari buzilishini ma’lum qildi, deb xabar beradi “Kun.uz” “O‘zbekiston ovozi” gazetasiga tayanib.
“Ayrimlar uchun arzimas bo‘lib ko‘ringan qoidabuzarliklar mudhish oqibatlarga olib kelishi mumkin, — dedi podpolkovnik Mansur Rixsiyev. — Masalan, belgilangan tezlik talablari buzilishini olaylik. Agar YHX Bosh boshqarmasiga kelayotgan ma’lumotlarga nazar tashlaydigan bo‘lsak, bir kunda o‘rtacha 2000 kishi ana shu qoidabuzarlikni sodir etadi. Bu kichik raqam emas”, — dedi podpolkovnik.
Ma’lumot uchun, belgilangan harakatlanish tezligi talablarini buzganlik uchun jarimalar miqdori eng kam ish haqining bir baravaridan o‘n baravarigacha etib belgilangan. 2015-yil 20-yanvar holatiga ko‘ra, bu 118,4 ming so‘mdan 1,184 million so‘mgachani tashkil etadi.
Izoh (0)