20-yanvar, seshanba kuni O‘zbekiston bo‘ylab havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor va yomg‘ir yog‘ish ehtimoli bor, deb xabar berdi “Kun.uz” “O‘zgidromet” axborotiga tayanib.
21-yanvar, chorshanba kuni havo sovuq bo‘lishiga qaramay, qor yog‘ishi kutilmayapti.
Biroq 22-yanvar, payshanba kuni kechasi havo harorati -3-8 daraja sovuq bo‘lib, qor yog‘ishi mumkin. Bu havo harorati hafta so‘ngiga qadar saqlanib turadi.
O‘zbekistonning shimoliy hududlari — Qoraqalpog‘iston Respublika va Xorazm viloyatida harorat -15 darajagacha sovishi mumkin.
Izoh (0)