Avstraliyada davom etayotgan Osiyo kubogi musobaqasida guruh bahslari yakuniga yetdi. “D” guruhidan chorak finalga chiqqan jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi, deb xabar beradi “Stadion.uz”.
Ushbu guruhda Yaponiya 9 ochko bilan birinchi, Iroq esa 6 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Bugun, 20-yanvar kuni har ikkala jamoa o‘z raqiblari — Iordaniya va Falastin ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Natijada Yaponiya terma jamoasi chorak finalda BAA bilan, Iroq esa Eron bilan to‘qnash keladigan bo‘ldi.
Osiyo kubogi — 2015, “D” guruhi, 3-tur
Iroq — Falastin: 2:0
- Gollar: Yunus Mahmud (48), Ahmad Yosin (89)
- Iroq: Hassan, Ismoil, Shokir, Halaf, Salim, Kalaf, Qosim, G‘ani, Abdul Amir, Mahmud, Meram.
- Falastin: Ali, Badariy, Jobir , Xarbi, Mohir, Nu’mon, Yusuf, Salhe, Al Amur, Eid, Salim.
- Gollar: Keysuke Xonda (24), Kagava (83)
- Yaponiya: Kavasima, Sakai, Morisige, Nagatomo, Yosida, Inui, Endo, Xasebe, Kagava, Honda, Okadzaki.
- Iordaniya: Shafiy, Ad-Dmeyriy, Bani-Yosin, Hattob, Mustafo, Elias, Zahron, Diyb, Hamza Dardur, As-Sayfiy, Al-Ravashdeh.
Izoh (0)