Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida noma’lum kishi bir fuqaroni urib, unga tan jarohatini yetkazdi, deb xabar bermoqda “Postda” gazetasi.
Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan zarur chora-tadbirlar ko‘rildi va ko‘p o‘tmay noma’lum shaxs qo‘lga olindi. Zo‘ravon zangiotalik ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda uning hatti-harakatlari yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)