Melburn shahrida O‘zbekiston hamda Saudiya Arabistoni terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘tgan stadionning “miks-zona”sida O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Bahodir Nasimov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi, deb xabar beradi “Uff.uz”.
Eng avvalo, Bahodir Nasimov Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda to‘p surganidan xursand ekanligini ma’lum qildi.
Savol: Qosimov sizni juda mas’uliyatli o‘yinda tushirdi. G‘alaba qozonishimiz kerak bo‘lgan o‘yinda qandaydir hayajon bosmadimi?
Javob: Hayajon-ku bosmadi. Lekin katta bosim bo‘lishini bilardim. Bizga faqat g‘alaba kerak edi. Uni uddalaganimizdan baxtiyorman.
Savol: G‘alaba nimani evaziga qo‘lga kiritildi, deb hisoblaysiz?
Javob: Har kim o‘z ishini to‘g‘ri bajardi. Jamoaviy birdamlik evaziga desam ham bo‘ladi. Arablarni yutmasak bo‘lmasdi.
Savol: Navbatdagi o‘yin Janubiy Koreyaga qarshi kechadi. Ularga qarshi ochiq futbol o‘ynasa bo‘ladimi?
Javob: Musobaqadagi barcha jamoalarga qarshi o‘ynasa bo‘ladi. Boz ustiga yuqori o‘rinlarni ko‘zlayotgan jamoa uchun raqibning farqi yo‘q. Faqat raqibga qarab taktika va uslubni tanlay bilsak bo‘ldi. Shuni aytishim mumkinki, asosiy o‘yinlar endi boshlanadi. Pley-offda barcha jamoalar borini tashlaydi. To‘g‘ri, Janubiy Koreya juda kuchli. Ammo ularga qarshi o‘yinga keraklicha tayyorgarlik ko‘ramiz. Nasib qilsa, muxlislarimizni quvontirishda davom etamiz.
Izoh (0)