• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda aksiyadorlik jamiyatlaridagi asosiy lavozim va kasblarning yangi klassifikatori ishlab chiqiladi

    16-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015-yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Majlisda ma’ruza qilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov korporativ boshqaruv tizimida qilinishi lozim bo‘lgan ishlarga e’tibor qaratdi:

    Korporativ boshqaruv tizimidagi prinsip va yondashuvlarni tubdan o‘zgartirish, ishlab chiqarish, tashqi iqtisodiy va investitsiya jarayonlariga zamonaviy xalqaro korporativ menejment standartlarini joriy etish jiddiy e’tiborni talab qiladi.

    Eng avvalo, korporativ yoki aksiyadorlik birlashmalarimizning faoliyati samaradorligini tanqidiy baholash, ularni xorijiy davlatlardagi ana shunday korxonalar bilan taqqoslab ko‘rish zarur. Chunki, bugungi kunda iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda, ayniqsa, sanoat sohasida mulkchilikning bunday shakli muhim o‘rin tutadi.

    Mamlakatimizda ham mulkchilikning mazkur shakli tobora katta ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijasida ayni paytda respublikamizda 1 ming 100 dan ortiq aksiyadorlik jamiyati tashkil etildi va faoliyat yuritmoqda. Ularning umumiy ustav kapitali 11 trillion 700 milliard so‘mdan ortiq bo‘lib, so‘nggi o‘n yilda 5,3 barobar o‘sdi.

    Bugun shuni tan olish zarurki, aksiyalashtirish jarayonini rivojlantirish ko‘lamining o‘sib borayotgani korporativ boshqaruv va aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatidan tushadigan daromadlarni taqsimlash tizimi hamda xususiylashtirish jarayonining boshqa bir qator yo‘nalishlarida hal etilmagan ko‘plab muammolar mavjudligini yaqqol ko‘rsatmoqda.

    Bu, ayniqsa, aksiyalar paketlariga davlat egalik qilayotgan aksiyadorlik jamiyatlariga taalluqlidir. Bunday jamiyatlarda aksiyadorlar, ayniqsa, minoritariylar kam hajmdagi aksiyalarga egaligi va aksiyalar paketlarining tarqoqligi tufayli boshqaruv va qaror qabul qilish jarayonidan amalda chetda qolmoqda.

    Buning natijasida ishlab chiqarish ustidan boshqaruvni ilgarigidek direktorlik korpusi amalga oshirmoqda. Ko‘p hollarda direktorlik korpusi, shuni ta’kidlashimiz kerakki, o‘z faoliyatida hali-beri eski tizim qolipidan chiqolmasligi, ishni zamon talab qiladigan usulda tashkil qilishdan uzoq bo‘lishi ko‘zga tashlanadi. Bunday holat boshqaruvchi kadrlarning yuqoridan buyruq kutib o‘tirishiga, sustkashligi va tashabbus ko‘rsatmasligiga sabab bo‘lmoqda.

    Bugun mamlakatimizda shunday amaliy tajriba to‘plandiki, unga ko‘ra, O‘zbekiston sharoitida yurtimiz sarmoyadorlari bilan bir qatorda chet ellik investorlar aksiyalarga ega bo‘lgan mulkchilik shakli eng maqbul bo‘lib, har jihatdan o‘zini oqlamoqda.

    Hozirgi kunda yurtimizda 90 dan ortiq davlatning xorijiy investorlari ishtirokida tashkil etilgan 4 mingdan ziyod korxona muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatmoqda. Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan ushbu kompaniyalar O‘zbekistonda ham, uning tashqarisida ham yaxshi ma’lum.

    O‘zbekiston hududida to‘liq chet el kapitali va korporativ boshqaruvning xorijiy usullariga asoslangan korxonalar muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda.

    Mazkur xorijiy kompaniyalar tajribalarini chuqur o‘rganishimiz va ularning tahlili asosida korxonalarimiz uchun korporativ boshqaruvning namunaviy tuzilmalarini yaratishimiz, real iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalaridagi aksiyadorlik jamiyatlarining boshqaruv tizimini ayni shu asosda isloh qilgan holda, ularni amaliyotga faol joriy qilishimiz zarur.

    Allaqachon o‘z umrini o‘tab bo‘lgan, boshqaruvning sovet davriga xos eski va yaroqsiz rejali-taqsimot tizimi va lavozimlar nomenklaturasidan qat’iy voz kechishimiz, bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan tijorat direktori, moliya direktori, mijozlar bilan ishlash va xaridlar bo‘yicha loyiha menejeri va boshqa yangi lavozimlarni xalqaro amaliyotga mos ravishda, ularning mansab majburiyati va vazifalarini aniq belgilagan holda, keng joriy etishimiz lozim.

    Iqtisodiyot vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi barcha manfaatdor tuzilmalar ishtirokida asosiy lavozim va kasblarning yangi klassifikatorini ishlab chiqishi kerak. Aynan ana shunday klassifikator bugungi yangi avlod professional kadrlarini tayyorlashning asosiy mezoniga aylanishi darkor.

    18.01.2015, 10:36   Izoh (0)   5277
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Siyosiy partiyalar saylovda ishtirok etish uchun hujjatlar topshirdi

    18.01.2015, 10:17

    AQShning O‘zbekistondagi yangi elchisi qasamyod qildi

    16.01.2015, 13:02

    Toshkent jamoat transportida ikki yil ichida kontaktsiz to‘lov tizimi joriy etiladi

    16.01.2015, 11:20

    O‘zbekistonda Internetdan foydalanuvchi pensionerlar orasida festival o‘tkazish taklif etildi

    16.01.2015, 09:48

    O‘znetda ko‘chmas mulk bozori bo‘yicha yagona milliy tizim ishga tushdi

    15.01.2015, 15:28

    O‘zbekiston Tyumenda savdo uyini ochdi

    15.01.2015, 14:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi

     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kolumbiya prezidentligiga nomzodga suiqasd uyushtirildi

    Dunyo | 8 iyun, 14:25

    Lamin Yamal: “Ronaldu — afsona, lekin mening vazifam g‘alaba qozonish”

    Sport | 8 iyun, 14:05

    “Ozodlikka qorong‘i yo‘l orqali” — avval qizil armiyada, so‘ng Turkiston legioni va AQSH razvedkasida ishlagan o‘zbek o‘g‘loni haqida

    O‘zbekiston | 8 iyun, 13:30

    Yopiq liboslar ajoyib yechim: Sanepidqo‘m jaziramada kiyinish bo‘yicha tavsiyalar berdi

    O‘zbekiston | 8 iyun, 12:55

    Tramp Los Anjelesdagi namoyishlarni to‘xtatish uchun Milliy gvardiya askarlarini yubordi

    Dunyo | 8 iyun, 12:25

    Qozog‘iston terma jamoasi ustozi: “O‘zbekistonni mundial bilan tabriklaymiz, lekin UEFA boshqa daraja”

    Sport | 8 iyun, 12:08

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda botanika bog‘lari barpo etiladi

    O‘zbekiston | 8 iyun, 11:51

    Lukashenko Si Szinpinga haykal o‘rnatishni taklif qildi

    Dunyo | 8 iyun, 11:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.