Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

16-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015-yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Majlisda ma’ruza qilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonda yangi bog‘ va uzumzorlar barpo etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga alohida to‘xtalib o‘tdi:

2010−2014-yillar davomida qariyb 50 ming gektar maydonda yangi bog‘lar, jumladan, 14 ming gektardan ortiq maydonda intensiv bog‘lar, 23 ming gektarda uzumzorlar yaratildi. Intensiv bog‘lar tashkil etish uchun Polsha, Serbiya va boshqa mamlakatlardan 6 milliondan ziyod ko‘chat olib kelindi.

Bunday bog‘larning ko‘plab afzalliklarga ega ekani bugungi kunda amalda namoyon bo‘lmoqda. Misol uchun, oddiy mevali daraxt ekilganidan boshlab dastlabki hosilini berguniga qadar odatda 4-5-yil o‘tadi. Intensiv bog‘dorchilikda esa daraxt ikkinchi-uchinchi yildayoq hosilga kiradi. 2011-yilda yaratilgan bog‘larning har gektaridan 2014-yilning o‘zida o‘rtacha 300 sentnerdan hosil olingani va hosildorlik yil sayin ko‘payib borayotgani buni tasdiqlaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Sezmagansiz ham: Film voqealaridagi mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan qo‘pol xatolar (foto) 
Mahalliy
Qatar amiri davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi (foto)
Karyera
Hokimiyat ularning qo‘llarida: Butun dunyoni boshqaradigan beshta oila (foto)