AQShda FATCA (Foreign Account Tax Compliance Act) − xorijda moliyaviy hisob raqamlariga ega amerikalik soliq to‘lovchilarning soliq to‘lashdan qochishiga qarshilik ko‘rsatishni ko‘zda tutuvchi “Xorijiy hisoblarni soliq tortish to‘g‘risida”gi qonun kuchga kirdi, deb xabar bermoqda “Uz24.uz”.
Qonunga binoan, AQShda ro‘yxatga olinmagan kompaniyalar moliyaviy hisob raqamlariga ega amerikalik soliq to‘lovchilarni aniqlab, bu haqda soliq organlariga ma’lum qilishlari lozim. “Norma.uz”ning qayd etishicha, O‘zbekiston ham bu bo‘yicha hukumatlararo shartnomani qo‘llab-quvvatlagan.
FATCA tizimiga kirmaydigan mamlakatlarning moliyaviy institutlari xorijiy investitsiyalar kamayishi, ma’lumotlarni oshkor qilmagan yoki qisman ochgan moliyaviy institutlarga nisbatan sanksiyalar kiritilishi, AQSh manbalaridan kelayotgan foyda 30 foizlik stavka bilan soliqqa tortilishi kabi muammolarga duch kelishi ma’lum qilingan.
2015-yil 12-yanvardan Xalqaro ma’lumot almashish xizmati (IDE) FATCA doirasida AQSh fuqarolarining chet eldagi hsiob raqamlari haqida ma’lumot qabul qilishni boshlagan. Ushbu jarayon joriy yilning 31-martiga qadar tugatilishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)