11-yanvar kuni Toshkent viloyati Zangiota tumani IIB Yong‘in xavfsizligi bo‘limi “Ko‘ksaroy” QFY yong‘indan muhofaza qiluvchi 3-guruhli 10-kasbiy yong‘in xavfsizligi qismi ochildi. Bu haqda UzReport axborot agentligiga tayanib, “Uz24.uz” xabar bermoqda.
Mazkur yangi ochilgan qism Ko‘ksaroy, Turkiston , Chig‘atoy , Oqtepa, Nazarbek QFYlarida joylashgan 90 mingdan ortiq aholiga hamda shu hududlarda joylashgan 376 ta ishlab chiqarish maskaniga xizmat ko‘rsatadi.
Qismda boshlang‘ich kasb tayyorgarligi o‘quv markazi ham mavjud bo‘lib, bu yerda xodimlar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Xususan, yong‘in o‘chirishda zarur bo‘ladigan jahon standartlariga javob beradigan zarur texnik vositalar, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan maxsus o‘t o‘chirish avtombillari mavjud.
Mazkur qismning barpo etilishi aholi turar-joylari, ijtimoiy-iqtisodiy obyektlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Izoh (0)