Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Dunyodagi eng yirik ijtimoiy tarmoq Facebook AQShda foydalanuvchilarga ular yashaydigan tumanda yo‘qolgan bolalar haqidagi xabarlarni ko‘rsata boshladi. Bu haqda Facebook korporativ blogida aytiladi.

Foto: Facebook

Foto: Facebook

Tashabbus Facebook’ning AQShda yo‘qolgan yoki zo‘ravonlikka uchragan bolalarni qidirish bilan shug‘ullanuvchi National Center for Missing and Exploited Children tashkiloti bilan hamkorligi doirasida amalga oshirilmoqda.

Dastlab politsiya bola yo‘qolgani bilan bog‘liq hodisani tekshirib, uni AMBER Alert  e’lon tizimiga kiritish mumkin-mumkin emasligini aniqlaydi. So‘ng markaz bola yo‘qolgani to‘g‘risidagi e’lonni chiqaradi va u Facebook tizimiga kelib tushadi.

AMBER Alert AQSh va Kanadada bolalar yo‘qolgani to‘g‘risida e’lon berish tizimidir. U axborotni turli usullar: radiostansiyalar, telekanallar, elektron pochta, SMS, axborot tablosi va boshqalar orqali tarqatishni ko‘zda tutadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Bir necha kundan buyon hukm surayotgan qorli ob-havoda o‘zbekistonliklar yasagan qorbobolar — suratlarda
Sport
Matbuot anjumani vaqtida mushukni uloqtirib yuborgan Braziliya terma jamoasi rasmiysi tanqidlarga uchradi (video)
Dunyo
Lukashenko “kuchsiz Mercedes” tufayli YOII sammitiga piyoda keldi (video)