Bugun, 13-yanvar kuni Brisben shahridagi Xitoy — O‘zbekiston uchrashuvi o‘tadigan stadionda O‘zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Mirabror Usmonov Avstraliyaga Osiyo kubogi — 2015 musobaqasini yoritish uchun kelgan o‘zbekistonlik jurnalistlar bilan uchrashdi. Bu haqda “Uff.uz” xabar bermoqda.
Samimiy ruhda o‘tgan suhbatda Mirabror Usmonov bilan birga Sardor Rahmatullayev, Farhod Magometov va Asqar Tolibjonov ham ishtirok etdi.
O‘FF prezidenti qiyinchiliklarga qaramay, o‘z kuchi bilan futbol o‘yinlarini yoritish uchun Avstraliya davlatiga kelgan o‘zbekistonlik jurnalistlarga minnatdorchilik bildirdi.
“Sizlarning samimiy ishlaringizni yuksak qadrlayman. Umid qilamanki, bundan keyingi musobaqalarni yortishda jurnalistlar bilan uzviy hamkorlik be’etibor qolmaydi”, — dedi Usmonov jurnalistlarga tashakkur izhor etar ekan.
Izoh (0)