O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligining Toshkent fuqarolik mudofaasi institutida Zilzilalar simulyatsiyasi majmuasi ish boshladi, deb xabar bermoqda UzReport.
Majmuada rejalashtirilayotgan tadbirlar aholining tabiiy ofatlarga tayyorgarlik darajasini oshirish, shuningdek talofatlarni kamaytirish va oqibatlarini yumshatish imkonini beradi.
Majmua BMTTD va O‘zbekiston Respublikasi Favqulotda vaziyatlar vazirligi, Fanlar akademiyasi va Madaniyat va sport ishlari vazirlgi o‘rtasidagi hamkorlik doirasida hamda Yevropa Ittifoqining Gumanitar yordam va fuqarolik mudofaasi masalalari bo‘yicha bosh rahbariyati (ECHO)ning DIPECHO VII dasturi doirasidagi moliyaviy yordami bilan milliy va xalqaro qurilish standartlariga binoan qurilgan.
Izoh (0)