Belgiya politsiyasi mamlakat poytaxti Bryusselda joylashgan Le Soir gazetasining tahririyatini portlatishini aytib tahdid qilgan kishini qo‘lga oldi, deb xabar bermoqda “Exo Moskvi”.
Qayd etilishicha, 11-yanvar kuni noma’lum shaxs tahririyat binosiga bomba o‘rnatilganini xabar qilgach, gazeta xodimlari tezda evakuatsiya qilingan. Politsiya bir necha soat davomida binodan hech narsa topa olmagan, shundan keyin barcha xodimlar o‘z ishiga qaytgan.
Politsiyaga qo‘ng‘iroq qilgan shaxs so‘l yo‘nalish tarafdori ekanligini aytib, gazeta Parijdagi teraktlarni yoritishi tufayli o‘nglarga yon bosayotgani tufayli bu ishga qo‘l urganini ma’lum qilgan. Keyinchalik ushbu “telefon terrorchisi”ning shaxsi aniqlandi. U sobiq matbaa xodimi Tyerri Karen bo‘lib chiqdi. U 1999-yilda flamand natsionalistlari ofisidagi telefon kabinasini portlatgani uchun javobgarlikka tortilgan. Qayd etilishicha, o‘shanda hech kimga zarar yetmagan.
Izoh (0)