Fransiyaning Charlie Hebdo satirik haftanomasining oxirgi 1177-soni eBay internet-auksionida sotuvga qo‘yildi, deb xabar bermoqda “Rossiyskaya gazeta”.
Kimoshdi savdosida qatnashmasdan turib gazetani 2500 yevroga sotib olish mumkin. Jami 100 dan ortiq adadi savdoga qo‘yilgan haftanomaning ba’zi namunalarining boshlang‘ich narxi 4−5 yevro etib belgilangan, biroq auksion davomida narxlar ancha ko‘tarilishi taxmin qilinmoqda.
Bundan tashqari, Charlie Hebdo’ning oxirgi sonini sotib olgan kishilar ham o‘zlaridagi gazetani qimmat narxlarda internet-auksionga qo‘ygan. Jumladan 30 ming yevrodan 75 ming yevrogacha bo‘lgan narxlarni, hattoki 100 ming yevroni ham uchratish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Charlie Hebdo satirik haftanomasining Parij shahridagi tahririyatiga uyushtirilgan hujum oqibatida 12 kishi halok bo‘lib, 11 kishi jarohat olgan edi.
Izoh (0)