O‘zbekiston mutaxassislari tomonidan mahsulotning antimikrob xususiyatlarini ta’minlab beruvchi qog‘ozni tayyorlash tarkibi yaratildi. Bu haqda “Uz24.uz” xabar qilmoqda.
Yangi tarkib shuningdek, olinadigan qog‘oz mustahkamligi ko‘rsatkichlarining yaxshilanishi va xomashyo bazasining kengayishiga ham ta’sir ko‘rsatadi. “Turkiston-press” xabariga ko‘ra, sanab o‘tilgan barcha hususiyatlar undan sellyuloza-qog‘oz sanoati va qog‘oz ishlab chiqarishda samarali foydalanish imkonini beradi.
Mazkur modda paxta sellyulozasi, yelimlovchi tarkib, to‘ldiruvchi – kaolin yoki bo‘r, bakteritsid qo‘shimcha va suvdan tashkil topgan tolali tarkibdan iborat.
Ushbu ixtiro uchun patent D. Nabiyev, I. Nabiyeva, X. Boboxonova, F. Shohidova va Z. Galimovalardan iborat mualliflar guruhiga topshirildi.
Izoh (0)