Hindistonning Chennai shahrida shaxmat bo‘yicha 7th Chennai International Open Grandmaster Chess Tournament musobaqasi davom etmoqda. An’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan turnirda Marat Jumayev O‘zbekiston sharafini himoya qilyapti, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
4-yanvar kuni musobaqada 8-tur uchrashuvlari o‘tkazildi. Samarqandlik grossmeyster bu safar italiyalik grossmeyster David Alberto bilan hisob-kitob qildi. Alberto reytingda Jumayevdan yuqoriroqda turgandi. Shuningdek, Jumayev qora donalarda harakat qilgan. Shunga qaramay, O‘zbekiston vakili kuchli raqibini mag‘lubiyatga uchratdi va 6,5 ochko bilan 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Bugun, 5-yanvar kuni Jumayev o‘zi singari 6,5 ochkoga ega rossiyalik Mixail Mojarov bilan munosabatlariga oydinlik kiritib oladi. Ushbu o‘yinda terma jamoamiz a’zosi oq donalarda harakat qiladi.
Izoh (0)