Pokistonning Shaheen Air aviakompaniyasiga qarashli Boeing 737 samolyoti Lahor aeroportida xavfli qo‘nishni amalga oshirdi, deb xabar bermoqda “Rossiyskaya gazeta”.
Bortida 172 kishi bo‘lgan samolyot qo‘nish vaqtida old g‘ildiragi sinib ketgan va natijada laynerning old qismi yerga borib urilgan.
Hozirda voqea joyida qutqaruvchilar ishlamoqda. Yo‘lovchilar va ekipaj a’zolari muvaffaqiyatli tarzda evakuatsiya qilingan. Qurbonlar haqida hozirch ma’lumot berilmagan.
Izoh (0)