Koreya Xalq Demokratik Respublikasining Davlat xavfsizligi boshqarmasida Kim Chen Inga suiqasd uyushtirilishi haqida hikoya qiluvchi “Intervyu” filmiga qarshi kurashish uchun maxsus guruh tuzildi, deb xabar bermoqda “RBK”.
Qayd etilishicha, namoyish etilishiga Shimoliy Koreya hukumati tomonidan qarshi chiqilgan film yozilgan DVD disklar noqonuniy yo‘l bilan mamlakatga kirib kelishidan Pxenyan xavotirda.
Eslatib o‘tamiz, “Intervyu” 25-dekabr kunidan AQSh hududidagi 200 dan ortiq mustaqil kinoteatrlarda namoyish etila boshladi. Bunday qarorni kinolentani ishlab chiqargan Sony Pictures kompaniyasi qabul qildi.
Izoh (0)