O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qilishicha, respublikamizda bolalar o‘yinchoqlari gigiyenik sertifikatlashtirish jarayonida laboratoriya tekshiruvidan o‘tkaziladi, deb xabar bermoqda “Uz24.uz”.
O‘yinchoqlar laboratoriya hamda tabiiy sharoitda o‘tkaziladigan sanitariya-kimyoviy, toksikologik tekshiruvlarning natijalariga qarab gigiyenik jihatdan baholanadi.
Gigiyenik xavfsizlik talablari quyidagi mahsulotlarga qo‘yilmaydi:
- archa bezaklari (o‘yinchoqlari)
- dekorativ qo‘g‘irchoqlar ( kattalar uchun)
- velosiped, skeytbord uchun shlemlar
- uchuvchi o‘yinchoqlar
- otish uchun kamonlar
3 yoshdan katta bo‘lgan bolalar uchun ishlab chiqariladigan o‘yinchoqlarda agar uning harakatlanishida zarur bo‘lsa, shisha qo‘llanilishiga ruxsat etiladi.
Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan o‘yinchoqlar sotuvdan chiqarib tashlanadi, ularni ishlab chiqarish esa taqiqlanadi yoki to‘xtatiladi.
Mavzuga qo‘shimcha tarzda aytish mumkinki, hozirda bolalar o‘yinchoqlarining tashqi qiyofasi, uning estetikasi masalasi ham aholi o‘rtasida ko‘p bora muhokama qilinmoqda. Jumladan, ijtimoiy tarmoqdagi “Jamoatchilik nazorati” guruhida poytaxtimiz bozorlarida bolalarga mos bo‘lmagan, qo‘rqinchli qiyofalarda ishlangan, qolaversa, sifatsiz o‘yinchoqlar sotilayotgani haqida xabar qilingan.
Ularni kim va qaysi korxona ishlab chiqarayotgani, ular qay yo‘l bilan bozorlarimizga kirib kelayotgani esa noma’lumligicha qolmoqda.
Izoh (0)