Namangan viloyatining Pop tumanida sinov tariqasida quvvati 130 kilovatt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushdi. Bu haqda “O‘zbekenergo”ga asoslanib “Gazeta.uz” ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Kun.uz”.
Ushbu loyiha O‘zbekiston Iqtisodiyot vazirligi va Janubiy Koreya savdo, sanoat va energetika vazirligi o‘rtasida imzolangan o‘zaro anglashuv memorandumi doirasida “O‘zbekenergo” kompaniyasi tomonidan Janubiy Koreya fotoelektr sanoati uyushmasi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan.
“O‘zbekenergo”ning xabar berishicha, fotoelektr stansiyasiga Hanhwa, JSPV, S-Energy va TopSum kompaniyalari uskunalari o‘rnatilgan bo‘lib, ularning ishlab chiqarish quvvatlari O‘zbekistonning tabiiy sharoitlarida sinovdan o‘tkaziladi.
Loyiha Pop tumani Kandigon mahallasida elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlashga yordam beradi, shuningdek, O‘zbekistonda quyosh energetikasini rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli va yirik loyihalarni amalga oshirish uchun ekspertiza vazifasini ham o‘tab beradi.
Bundan tashqari, ushbu loyiha shu soha bo‘yicha o‘zbekistonlik mutaxassislarni tayyorlashda ham ko‘mak beradi.
Izoh (0)