AQShning Fergyuson shahrida politsiyachi tomonidan otib o‘ldirilgan 18 yoshli afro-amerikalik Maykl Braun xotirasiga qo‘yilgan yodgorlik noma’lum shaxslar tomonidan buzib tashlandi, deb xabar bermoqda “Newsru.com”.
Buzib tashlanganidan bir necha soat o‘tib yodgorlik qayta tiklangan. Hodisa haqida shahar politsiyasiga xabar berilgan.
Eslatib o‘tamiz, yodgorlik avgust oyida politsiya xodimi tomonidan otib o‘ldirilgan yigitning uyi yaqinida o‘rnatilgan bo‘lib, shahar aholisi uning qarindoshlariga birdamlik sifatida gullar, shamlar va yozuvlar keltirib turgan.
Izoh (0)