3–4-yanvar kunlari Toshkent shahrida ilk marta xakaton musobaqasi o‘tkaziladi. Bu haqdagi xabar Facebook’dagi UzHackathons guruhida paydo bo‘ldi, deb ma’lum qildi “Podrobno.uz”.
Xakaton mavzusi mobil dasturlarni ishlab chiqish, Arduino, Raspberry Pi mikronazoratchilari, shuningdek Oculus Rift ko‘zoynaklari uchun qo‘shimcha dasturlarni ishlab chiqish bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Ma’lumot uchun, xakaton (inglizcha hackathon, hack (xaker) va marathon − marafon so‘zlaridan olingan) − bu dasturiy ta’minot ishlab chiquvchi turli sohalar mutaxassislari (dasturchilar, dizaynerlar, menejerlar) qaysidir muammo ustida bir-birini xabardor qilgan holda ishlaydigan tadbir. Odatda bir kundan bir haftagacha davom etadigan xakatonlar hozirda xakerlik emas, balki dasturlash marafoni hisoblanadi.
Izoh (0)