25-dekabr kuni Moskvada 10 ballik yo‘l tirbandligi 12 soat davom etdi. Internet qidiruv tizimlarining ma’lumotiga ko‘ra, hozirda vaziyat bir ball yengillashib, 10 ballik shkalada 9 ballga tenglashgan, deb xabar beradi “Kun.uz”.
Ob-havo sharoitining noqulayligi tufayli shaharda yo‘l transport hodisalari keskin ko‘paygan. Moskva transport departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, bir soat davomida 500 dan ortiq yo‘l transport hodisalari kuzatilgan va shulardan 45 tasi yo‘l harakatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatgan.
Hozirgi vaqtda Moskva ko‘chalarida 14 mingga yaqin qor tozalovchi mashinalar tinimsiz ishlamoqda.
Izoh (0)