Jahon iqtisodiy forumi va ekspertlar guruhi tomonidan mamlakatlar energetika tizimlarining iqtisodiy rivojlanish, ekologiya va xavfsizlik uchun samaradorligi aks etgan The Global Energy Architecture Performance Index Report 2015 reytingini e’lon qildi, deb xabar bermoqda “Podrobno.uz”.
Tahlil qilingan 125 mamlakat orasida O‘zbekiston 78-o‘rindan joy olgan. Reytingda O‘zbekistondan oldin Vyetnam, keyin esa Kot d’Ivuar ko‘rsatilgan. Reytingda an’anaviy tarzda Yevropa davlatlari − Shveysariya, Norvegiya va Fransiya yetakchilik qilmoqda.
Qayd etilishicha, o‘tgan yilga reytingda O‘zbekiston 84-o‘rinni egallagan.O‘zbekistonning iqtisodiy barqarorlik ko‘rsatkichi o‘tgan yilgi 0,28 o‘rniga bu yil 0,37, atrof-muhit turg‘unligi o‘tgan yilgi 0,41 o‘rniga bu yil 0,57, xavfsizlik va energiya yetkazilishi yengilligi 0,67 ga yetgan.
Izoh (0)