O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Toshkent viloyati bilan Farg‘ona vodiysini tutashtiruvchi Qamchiq dovonida keskin ob-havo o‘zgarishi haqida ogohlantirmoqda, deb xabar berdi “12news.uz”.
FVV xabarida aytilishicha, “O‘zgidromet”ning ma’lumotiga ko‘ra, 24−26-dekabr kunlari Qamchiq dovonida kuchli qor bo‘roni bo‘lishi, 100-150 metrgacha ko‘rinish darjasining yomonlashuvi va sekundiga 20 metrgacha kuchli shamol esishi kutilmoqda.
Qamchiq dovoni O‘zbekistonning sharqiy qismida joylashgan bo‘lib, Namangan viloyati Pop tumani va Toshkent viloyatini bog‘lab turuvchi yagona avtotransport yo‘l hisoblanadi. Bugungi kunda dovonda 124 km uzunlikdagi “Angren-Pop” yo‘nalishi bo‘yicha elektrlashtirilgan temir yo‘l liniyasining qurilish ishlari olib borilmoqda. Shu bilan birga loyihada balandligi dengiz sathidan 2,2 ming metrdan ziyod balandlikda bo‘lgan 19 kilometrlik temir yo‘l tunnelini qurish ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)