Sinoptiklar prognoziga ko‘ra, yaqin haftalar ichida O‘zbekistonda qor yog‘ishi kutilmaydi, deb yozadi “Afisha.uz”. Aksincha, havo harorati noldan yuqori bo‘lib turadi.
30-dekabrdan 2-yanvargacha havo vaqti-vaqti bilan bulutli bo‘lib, harorat 8 darajani tashkil etadi, yog‘ingarchilik ehtimoli esa 0 foizga teng.
Nashrning eslatishicha, so‘nggi marta Yangi yilda qor Toshkentda 2006-yilning 1-yanvarida kuzatilgan.
Izoh (0)